Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev tadbirkorlikni rivojlantirish va joriy yilda aholi bandligini ta`minlash dasturi ijrosi bo`yicha ustuvor vazifalar bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazmoqda.
“Darakchi” muxbirining xabar qilishicha, tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha mexanizmlarini ham kengaytirish maqsadida uch yil davomida soliqlarni o`z vaqtida to`lagan intizomlitadbirkorlarga soliqlarning 50 foizini bo`lib-bo`lib to`lash huquqini berish tartibi ishlab chiqiladi.
Shuningdek,eksport bo`yicha chet eldan valyutasi o`z vaqtida kelib tushmaganligi uchun jarima miqdorini 2 baravarga qisqartiriladi.
Ma`lumot o`rnida, bugungi kunda 809 ta eksportyorga 708 milliard so`m jarima qo`llanilgan.
Yig`ilish bilan bog`liq boshqa yangiliklar:
Qashqadaryo va Navoiy viloyatining qator rahbarlari ishdan ketdi, ba`zilariga ogohlantirish berildi
Yana beshta tuman hokimlari, prokuror, IIB va Soliq rahbarlari qat`iy ogohlantirildi