AsosiyJamiyat

“Agrobank” va “Ipoteka bank” xodimlarining pul mablag`larini o`zlashtirgani aniqlandi

'“Agrobank” va “Ipoteka bank” xodimlarining pul mablag`larini o`zlashtirgani aniqlandi'ning rasmi

Sirdaryo va Buxoro viloyatida tijorat banki mutaxassislari tomonidan pul mablag`larini o`zlashtirish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tuman bo`limi tomonidan “S.N.” fermer xo`jaligining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Sardoba filiali bosh mutaxassisi I.M. boshqalar bilan oldindan til biriktirib, “G`alla imtiyozli kredit hisobidan mexanizasiya xizmatlari uchun oldindan to`lov” mazmunida fermer xo`jaligining 77,8 mln so`m pul mablag`ini asossiz ravishda boshqa sub`ektlarga o`tkazib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan

Xuddi shunday, Departamentning Romitan tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATIB “Ipoteka bank” Buxoro viloyati filiali kassa shahobchasi sobiq kassiri N.H. 98 ta ijro hujjati bo`yicha fuqarolarga go`yoki qarzdorliklari qoplanganligi to`g`risidagi soxta kvitansiyalarni taqdim qilib, aslida 20,1 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar