AsosiyJamiyat

“Urguttumangaz” ta`minoti bo`limi xodimlarining firibgarliklari fosh bo`ldi

'“Urguttumangaz” ta`minoti bo`limi xodimlarining firibgarliklari fosh bo`ldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Samarqand viloyati Urgut tumanida mas`ul xodimlar tomonidan sodir etilgan jinoyatni fosh etdi.

 Departamentning ma`lum qilishicha, “Urguttumangaz” ta`minoti bo`limi xodimlari aholiga etkazib berilgan 127 218 dona maishiy gaz ballonlarini xonadonlarga o`rnatib berish xizmati ko`rsatilmagan bo`lsada, fuqarolarning ishonchiga kirib, ushbu xizmat uchun 381,7 mln so`m naqd pullarni firibgarlik yo`li bilan ortiqcha undirib olishga erishib, ushbu mablag`larni maxsus hisob raqamga topshirmaslik maqsadida, fuqarolar nomidan gaz ballonlarini o`rnatib berishni rad qilish to`g`risida soxta arizalarini rasmiylashtirganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Urguttumangaz” gaz ta`minoti bo`limi xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar