AsosiyJamiyat

Qo`shko`pir tumanida uylarni ta`mirlash uchun ajratilgan byudjet pullari talon-toroj qilindi

'Qo`shko`pir tumanida uylarni ta`mirlash uchun ajratilgan byudjet pullari talon-toroj qilindi'ning rasmi

Qo`shko`pir tumanida uylarni ta`mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`shko`pir tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “H.I.” MChJ rahbari tumanning Mustaqillik ko`chasidagi uylarda amalga oshirilgan qurilish-ta`mirlash ishlari bo`yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma`lumotlarni kiritish orqali amalda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozib, 81,6 mln so`m byudjet mablag`larini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan MChJ rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar