2021 yil 8 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84529 (+207) nafarni tashkil etmoqda. SSV xabariga ko`ra, koronavirus qayd etilish ko`rsatkichlari yil boshidan beri ilk marta 200 nafardan oshdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 3 nafari Buxoro viloyatida,
- 1 nafari Navoiy viloyatida,
- 3 nafari Namangan viloyatida,
- 18 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 2 nafari Farg`ona viloyatida,
- 3 nafari Xorazm viloyatida,
- 29 nafari Toshkent viloyatida,
- 139 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar,
- Buxoro viloyatida 6 nafar,
- Jizzax viloyatida 1 nafar,
- Namangan viloyatida 5 nafar,
- Farg`ona viloyatida 2 nafar,
- Toshkent viloyatida 22 nafar,
- Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 82415 (+181) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1480 nafar bemordan 229 nafari og`ir, 104 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






