AsosiyJamiyat

Surxondaryoda turmush o`rtog`i bilan ajrashish masalasini tezlashtirmoqchi bo`lgan fuqaro firibgar tuzog`iga tushdi

'Surxondaryoda turmush o`rtog`i bilan ajrashish masalasini tezlashtirmoqchi bo`lgan fuqaro firibgar tuzog`iga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.J. o`zini “M.” advokatlik byurosi advokati deb tanishtirib, shu yo`l bilan fuqaro B.ning ishonchiga kirib, uning turmush o`rtog`i bilan ajrashish masalasini sud tizimida ishlovchi tanishlari bilan gaplashib tez kunda hal qilib berish evaziga 10  mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib,tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar