AsosiyJamiyat

Toshkent hokimligi «Navro`z» to`yxonasining buzilishiga rasmiy izoh berdi

'Toshkent hokimligi «Navro`z» to`yxonasining buzilishiga rasmiy izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 8 apreldan 9 aprelga o`tar kechasi buzish ishlari olib borilgani tasvirlangan videolavhalar tarqalgan edi. 

Xabar qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Milliy bog` hududida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining yangi binosi, yangi Milliy drama teatr binosi, yaponiyalik arxitektor Tadao Ando loyihasi asosida Davlat san`at muzeyining namoyishlari kompleksi, yosh olimlar, yoshlar va kitob ixlosmandlariga xizmat ko`rsatishga mo`ljallangan, ilm-fan va san`at turli sohalariga oid bosma va elektron davriy nashrlarning ulkan salohiyatiga ega bo`lgan hamda 1,5 million dona kitoblar fondini o`z ichiga olgan kutubxona binosini qurish ishlari boshlangan.

Ta`kidlanishicha, Toshkent shahar hokimi o`rinbosari Sharof Rahmonov to`yxona to`liq rekonstruksiya qilinib, atrofi sayilgohga aylantirilishini qayd etgan.

Boshqa yangiliklar