AsosiyJamiyat

O`zbekistonda vodorod energetikasi rivojlantiriladi

'O`zbekistonda vodorod energetikasi rivojlantiriladi'ning rasmi

O`zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetikasini rivojlantirish maqsadida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoev «O`zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarorni imzoladi, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O`zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetikasini rivojlantirish maqsadida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish ko`zda tutilgan.

Institut tarkibida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazini hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, vazirlik, ACWA Power (Saudiya Arabistoni) va Air Products (AQSh) o`rtasida O`zbekistonda qayta tiklanadigan va vodorod energetikasini rivojlantirish bo`yicha bitim imzolandi.

Boshqa yangiliklar