AsosiyJamiyat

Toshkent metrosida ikki poezd to`qnashgani aytilgan holat yuzasidan izoh berildi

'Toshkent metrosida ikki poezd to`qnashgani aytilgan holat yuzasidan izoh berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining “Beruniy” bekatida ikki poezd to`qnashgani aytilgan video tarqaldi. “O`zbekiston temir yo`llari” AJ holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Unga ko`ra, ushbu kadrlar 7 aprel kuni soat 08:40 da texnik sabab bilan yo`lovchilar “G`afur G`ulom” stansiyasida harakatlanuvchi tarkibdan tushib, zaxiraga kelgan navbatdagi poezdga ko`chirilayotgan payt metro yo`lovchilaridan biri tomonidan suratga olingan. Yo`lovchilar tushirilgan poezd shatakka olinib, Beruniy stansiyasiga olib borilgan.

Shuningdek, xabarda ommaviy axborot vositalari, telekommunikasiya tarmoqlari yoki internetda yolg`on ma`lumot tarqatganlik uchun javobgarlik borligi eslatib o`tilgan.

Boshqa yangiliklar