Bugun, 9 aprel kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahriga Effect. uz Axborot agentligining muxbirlari Elyor Tojiboev hamda Akbar Nurimbetovlar etib borishdi, deya xabar bermoqda Effect .uz
Ma`lum bo`lishicha, Tojiboev hamda Nurimbetov Surxondaryo viloyati prokuraturasida davom etgan tergov jarayonlarida o`z ko`rsatmalarini bergan.
Shundan so`ng, ular tilxat asosida qo`yib yuborilib, tergov jarayonida tergovchi tomonidan ularga hech qanday tazyiq va bosimlar o`tkazilmagan.
Shuningdek muxbirlar tergovda o`z bo`ynilariga qo`yilgan ayblovlarga iqror bo`lishmagan. Endi ikki jurnalistga nisbatan sud jarayoni bo`lib o`tishi kutilmoqda.






