Bugungi kunda Yangihayot tumani hokimligi tomonidan Xo`ja Uchqun mahallasi, Yoshlik ko`chasini gazlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu mahalla tashkil etilgandan buyon shu vaqtgacha gazlashtirilmagan edi va bu hol aholiga ko`plab noqulayliklar tug`dirgan, deya ma`lum qilmoqda tuman hokimligi Matbuot xizmati.
«Endilikda muammoni bartaraf etish maqsadida, ushbu ko`chaga uzunligi 700 metr bo`lgan 76 diametrlik past bosimli gaz quvuri tortildi. 1 dona gaz taqsimlash punkti (GTT) o`rnatildi, 150 pogonometr gaz quvuri bo`yaldi.
Bugun yana 250 metr gaz quvurini tortish mo`ljallangan», deyiladi xabarda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Xo`ja Uchqun mahallasi 2013 yilda tashkil etilgan






