2021 yil 9 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84724 (+195) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV Axborot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 3 nafari Buxoro viloyatida,
- 2 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Namangan viloyatida,
- 19 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 3 nafari Farg`ona viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 23 nafari Toshkent viloyatida,
- 134 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar,
Buxoro viloyatida 7 nafar,
Jizzax viloyatida 4 nafar,
Farg`ona viloyatida 2 nafar,
Xorazm viloyatida 8 nafar,
Toshkent viloyatida 21 nafar,
Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 82586 (+171) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqdaa
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1504 nafar bemordan 229 nafari og`ir, 104 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






