AsosiyJamiyat

Din ishlari bo`yicha qo`mita Umra mavsumi yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi

'Din ishlari bo`yicha qo`mita Umra mavsumi yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi'ning rasmi

Din ishlari bo`yicha qo`mita tomonidan O`zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Jidda shahridagi Bosh konsulxonasidan olingan ma`lumotga ko`ra, 2021 yil 10 aprel holatiga qadar Haj va umra vazirligi tomonidan rasmiy hukumat qarori qabul qilinmagan. Bu haqda Qo`mita axborot xizmati xabar berdi.

Hozirgi vaqtda Saudiya Arabistoni hukumatining barcha harakatlari koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan. Xususan, shu kungacha mamlakatning 5,5 mln aholisi koronavirusga qarshi emlangan bo`lib, bu ishlar davom etmoqda.

Ma`lumot uchun: 2021 yil 29 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi bayonotida parvozlar va chegaralarni to`liq ochish bo`yicha barcha cheklovlar 2021 yil 17 mayga qadar uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.  

"Hurmatli yurtdoshlar! Haj va umra ziyoratlari bilan bog`liq asosli ma`lumotlar Din ishlari bo`yicha qo`mitaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali e`lon qilinadi", - deyiladi rasmiy xabarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar