Hozirda yo`l-transport xodisalari oldini olish va yo`l harakati qoidabuzarliklarini aniqlashda inson omilini kamaytirish maqsadida maxsus fotovideofiksasiya qurilmalaridan foydalanilmoqda. Farg`ona viloyatiga dastlab, 2018 yilda bir dona onlayn tizimda ishlovchi “AUTOCON” rusumli tezlik o`lchash moslamasi olib kelingan bo`lsa, keyinchalik ularning soni bir necha barobarga ko`paydi. Ushbu qurilamalarning yo`llarda ko`ngilsiz holatlarni oldini olishda sezilarli ahamiyatga ega ekanligi tezlik o`lchash qurilmalarini yanada samarali foydalanishni talab etmoqda. Shuning uchun Farg`ona viloyatidagi maxsus “Neksiya-3” avtomobillariga o`rnatilgan multiradar qurilamalarining soni bugun yana uchtaga ko`paydi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB xabar qildi.
Ushbu qurilmalardan birgina maqsad uchun u ham bo`lsa yo`l-transport hodisalarini oldini olish va bu orqali insonlar hayotini saqlab qolish maqsadida foydalanilmoqda.
"Hurmatli haydovchilar! Barcha yo`llarda tezlik nazoratga olinganligini, hayotingiz va sog`ligingiz, shuningdek, cho`ntagingizga zarar etishini hoxlamasangiz, belgilangan tezlik nomalariga amal qilishingizni so`rab qolamiz", - deyiladi xabarda.






