AsosiyJamiyat

Xorazmda 19 yoshli kelinchak o`z joniga qasd qildi

'Xorazmda 19 yoshli kelinchak o`z joniga qasd qildi'ning rasmi

2021 yil 1 aprel kuni Shovot tumanida 2002 yilda tug`ilgan M. Q. o`z uyining qora mollarni saqlash xonasining yog`och to`siniga oq rangli shpagat ip bilan o`zini o`zi osib, joniga qasd  qilgan. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, o`lim sabablarini aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekseprtizasi ilmiy-amaliy Markaziga sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, murda tekshiruvdan o`tkazilgan.

Dastlabki ekspert ma`lumotiga ko`ra, fuqaro M.Q.ning o`limiga o`zini o`zi osishi natijasidagi asfiksiya sabab bo`lgan.

Marhuma 2020 yil oktyabr oyida 04.08.2001 yilda tug`ilgan M.Ya. bilan turmush qurib, uning oilasi bilan Katqal`a mahallasida istiqomat qilib kelgan.

Shu bilan birga, dastlabki to`plangan hujjatlarga ko`ra fuqaro M.Q. yoki uning oila a`zolari turmushi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki mahalla fuqarolar yig`iniga shikoyat qilishmagan.

Turmush o`rtog`i M.Ya. yoki oila a`zolari muqaddam sudlanmagan, notinch oila yoki boshqa bir holatlar yuzasidan ro`yxatda turmaydi.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo`lib, yakuni yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi, deyilgan taqdim etilgan ma`lumotda.

 

 

    Boshqa yangiliklar