AsosiyJamiyat

Toshkentda gaz xodimining qing`irligi fosh etildi

'Toshkentda gaz xodimining qing`irligi fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan «Hududgaz poytaxt» gaz ta`minoti filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Yunusobod tumangaz» bo`limi xodimi R.T. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro A.ning yashash xonadoniga yangi gaz hisoblagich uskunasini o`rnatib berish hamda foydalanilgan tabiiy gaz uchun hisoblangan 1,2 mln so`m qarzdorlikni yo`q qilib berish evaziga 750 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar