Joriy yilning 12-16 aprel kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida va uzatkichlarda profilaktika o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu vaqtda Toshkent shahrida va respublika bo`yicha raqamli teledasturlarni tarqatish vaqtincha to`xtatiladi. Bunda O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlarini tarqatish to`xtatilmaydi, lekin ayrim sifat pasayishi holatlari kuzatilishi mumkin.
Mahalliy, nodavlat va «Uzdigital TV» MChJning tijorat telekanallarini uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida profilaktika ishlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Ta`kidlanishicha, O`zbekiston Respublikasi aholisiga televidenie dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta`minlash maqsadida «Radioaloqa, radioeshittirishlar va televidenie markazi» DUKning texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda o`chirib, profilaktika ishlari amalga oshiriladi.
To`xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o`zgartirish tavsiya etilmaydi.
10.04.2021 14:15
Yurtimiz bo`ylab raqamli teledasturlarda vaqtincha uzilishlar bo`ladi






