Favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi Murod Sodiqov O`zbekistonda zararli chigirtkalar bilan kurashish mavsumi boshlanganini ma`lum qildi.
Favqulodda vaziyatlar hamda Qishloq xo`jaligi vazirliklari bilan o`zaro hamkorlikda 2021 yilda hashoratlar tahdid qilishi mumkin bo`lgan taxminiy ekin maydonlari hisoblab chiqilgan. Bu deyarli 600 ming gektar qir-adir erlardir.
«Ayni kunlarda chigirtka tarqalishi mumkin bo`lgan erlarda kimyoviy ishlov berish tadbirlari olib borilmoqda. Bularda Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini misol tariqasida keltirish mumkin», — deydi Sodiqov.
Ta`kidlanishicha, bu kabi tadbirlar tez kunlarda Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari ham boshlanadi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida esa profilaktik tadbirlar may oyining boshida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma`lum qilinishicha, ushbu profilaktik jarayonlarga o`nlab deltaplanlar va yuzlab qishloq xo`jaligi texnikalari jalb etilmoqda.






