AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga chalingan 229 nafar bemor og`ir ahvolda

'O`zbekistonda koronavirusga chalingan 229 nafar bemor og`ir ahvolda'ning rasmi

Koronavirusga chalingan 229 nafar bemorning ahvoli og`irligicha qolmokda, shifokorlar ularning hayoti uchun kurashmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

2021 yil 10 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84922 (+198) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 7 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 1 nafari Namangan viloyatida,
  • 20 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Farg`ona viloyatida,  
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 22 nafari Toshkent viloyatida,

130 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
  • Toshkent viloyatida 18 nafar,

Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 82760 (+174) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1528 nafar bemordan 229 nafari og`ir, 104 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Boshqa yangiliklar