AsosiyJamiyat

Namanganda ag`darilib ketgan avtomashinaning 21 yoshli yo`lovchisi shifoxonada vafot etdi

'Namanganda ag`darilib ketgan avtomashinaning 21 yoshli yo`lovchisi shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

8 aprel kuni soat 14:55 larda, Namangan viloyati hududidagi Namangan - Chortoq yo`lining 36-km.da Spark rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, boshqaruvni yo`qotib, yo`lning o`ng chetiga chiqib, ag`darilib ketgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, avtomashinada bo`lgan 21 yoshli yo`lovchi og`ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Avtomashina haydovchisi va ikki nafar yo`lovchilar esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar