AsosiyDunyo

Chexiya Prezidenti nogironlar aravachasiga mixlanib qoldi. Sababi...

'Chexiya Prezidenti nogironlar aravachasiga mixlanib qoldi. Sababi...'ning rasmi

Chexiyaning 76 yoshli Prezidenti Milosh Zeman uzoq vaqtdan beri oyoqlardagi neyropatiya va diabet kasalligi bilan og`rib kelayotgan edi. Uning ahvoli tobora yomonlashgan va nogironlar aravachasidan foydalanishga majbur bo`lgan. Prezident mo``jizaga ishonishini va kelajakda albatta oyoqqa turishini bildirdi.

 Bu haqda u Pragadagi "Blesk" nashriga bergan intervyusida ma`lum qildi.

“Men aravachadan foydalanishga qaror qildim. Hozirda men Lanida, ba`zan esa Praga qal`asida nogironlar aravachasida harakat qilaman. Va bu men uchun juda qulay », - dedi Zeman.

Zemanning so`zlariga ko`ra, agar Chexoslovakiya tashkil topganligining keyingi yilligi 28 oktyabrda Praga qal`asida nishonlansa, u mehmonlarni yon yo`ldan kutib oladi.

O`tgan yili Chexiya prezidenti qo`lidan olgan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Davlat rahbarining matbuot kotibining so`zlariga ko`ra, Zeman kechqurun televizorda yangiliklarni tomosha qilgan va ish tugagandan so`ng qoqilib, yiqilganda qo`lini sindirib olgan.

Risolat MAXSIMOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar