AsosiyJamiyat

Jurnalistika universiteti karantinga yopildi

'Jurnalistika universiteti karantinga yopildi'ning rasmi

O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti hududida karantin qoidalariga to`liq rioya qilinishi muntazam ravishda saqlanib kelinganiga qaramasdan, ayrim talabalar orasidan engil shakldagi koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqida O`zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo`jaev  universitet rasmiy sahifalarida e`lon qildi. 

Xabar berilishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar Yunusobod tumani bo`limi tavsiyasiga ko`ra va koronavirus infeksiyasi talabalar va professor-o`qituvchilar orasida keng tarqalib ketishining oldini olish maqsadida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi rahbariyatini xabardor qilgan holda, O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti talabalari 2021 yil 12 aprel sanasidan 14 kunlik onlayn o`quv tartibiga o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar