AsosiyJamiyat

II Xalqaro baxshichilik san`ati festivali Nukus shahrida o`tkazilishi haqida Prezident qarori imzolandi

'II Xalqaro baxshichilik san`ati festivali Nukus shahrida o`tkazilishi haqida Prezident qarori imzolandi'ning rasmi

“II Xalqaro baxshichilik san`ati festivaliga tayyorgarlik ko`rish va baxshichilik san`atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ-5070, 10.04.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2021 yilda II Xalqaro baxshichilik san`ati festivali Nukus shahrida o`tkaziladi.

 Festivalni Qoraqalpog`iston Respublikasida yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada o`tkazish bo`yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

 Shuningdek, Festivalni joriy yilda o`tkazish muddati sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda belgilanadi.

Boshqa yangiliklar