AsosiyMadaniyat

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Berdaq hayotiga bag`ishlangan “Amu sohili kuychisi” nomli hujjatli film suratga olinmoqda

'“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Berdaq hayotiga bag`ishlangan  “Amu sohili kuychisi” nomli hujjatli film suratga olinmoqda'ning rasmi

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan Berdaq hayoti va ijodi haqida “Amu sohili kuychisi” nomli hujjatli film suratga olinmoqda.  Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur film etuk shoir, qoraqalpoq mumtoz adabiyoti asoschisi Berdaq taxallusi bilan ijod qilgan Berdimurod Qarg`aboy o`g`li haqida bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olinmoqda. "Xalq yuragi" nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri.  

Ssenariy muallifi Kengesbay Karimov, rejissyor Bektileu Nizamatdinov, operator Asenbay Asqarov, kartina direktori Baxtiyar Madiyarov.  

Filmning suratga olish ishlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Bo`zatau tumani Berdaq bog`ida, Qoraqalpoq davlat universitetida, Berdaq muzeyida bo`lib o`tmoqda.

Boshqa yangiliklar