2020 yil dekabr oyida Rossiya Federasiyasining Ekaterinburg shahrida avtohalokatga uchrab, bir necha oy davolangan O`zbekiston fuqarosi N.E. Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.
N.E.ga nisbatan Rossiya Federasiyasi JKning 264-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, ahvoli og`irligi sababli Sudning maxsus ruxsati asosida javobgarlikdan ozod qilingan.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Ekaterinburg shahridagi vakolatxonasi tomonidan tashkiliy-huquqiy tadbirlar amalga oshirilgach, ushbu fuqaro Ekaterinburg-Toshkent aviareysi orqali Ekaterinburg shahridagi “Texstroy” mas`uliyati cheklangan jamiyatining moliyaviy ko`magida Vatanga qaytarildi.






