“Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xo`jaligi ob`ektlaridan foydalanish borasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (199-son, 10.04.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qaror bilan 2021 yilning mart-sentyabr oylarida Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xo`jaligi ekinlarini sug`orish ishlari uchun suv olish limitlari tasdiqlandi.
2021 yil 20 aprelgacha yozgi sug`orish mavsumida suvdan foydalanish va suv iste`molchilari bo`yicha tegishli shartnomalar to`liq rasmiylashtiriladi.
Shuingdek, joriy yilda jami 100 ta irrigasiya va meliorasiya ob`ektlari davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish hamda boshqaruvga beriladi.
Qarorga muvofiq, suv tanqisligining oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo`lgan tadbirlarning prognoz ko`rsatkichlari tasdiqlandi.






