Adliya vazirligi tomonidan 5 aprel kuni «Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reestridan chiqarish to`g`risida»gi buyruq chiqarildi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, qirq to`rtta normativ-huquqiy hujjat davlat reestridan chiqariladi. Quyidagi hujjatlar ham ro`yxatga kiritilgan:
- Markaziy depozitariyning savdo va hisob-kitob-kliring tizimlari bilan o`zaro faoliyati tartibi;
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ta`lim dasturlarini xalqaro akkreditasiyaga tayyorlash maqsadida uni attestasiyadan o`tkazishning maxsus mezonlari;
- «Markaziy depozitariyning savdo va hisob-kitob-kliring tizimlari bilan o`zaro aloqadorligi tartibiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi buyruq;
- O`zbekiston banklarida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalterlik hisobi bo`yicha yo`riqnoma;
- «O`zbekiston Respublikasining berilgan radiochastotalarini xalqaro-huquqiy himoya qilish to`g`risida nizomni tasdiqlash haqida»gi buyruq.
Hujjat «Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida»gi qonunga, Prezidentning 2018 yilning 13 aprelidagi «O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida»gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 1997 yilning 9 oktyabridagi «Vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar me`yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.