Bugun bozorlardagi narx-navo qimmatligi, xususan, o`simlik yog`i narxlarining oshib ketishi ko`plab muhokamalarga sabab bo`lmoqda. O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi hodimlari tomonidan joylarda o`simlik yog`i narxlarining narx-navoning oshib ketishi borasida monitoring ishlarini olib borilganda quyidagilar ma`lum bo`ldi.
1. Qoraqalpog`iston Respublikasi:
Kungaboqar yog`i – (1litr) 18-21 ming; Paxta yog`i – 13-18 ming so`m
2. Navoiy viloyati: 17-24 ming; 15-20 ming
3. Qashqadaryo viloyati: 18-20 ming; 17-20 ming
4. Surxondaryo viloyati: 19-22 ming; 16-18 ming
5. Jizzax viloyati: 19-21 ming; 15-19 ming
6. Samarqand viloyati: 18-26 ming; 14-22 ming
7. Farg`ona viloyati: 18,5-25 ming; 14-19 ming
8. Namangan viloyati 18-22 ming; 16,5-18ming
9. Andijon viloyati: 18-23 ming; 12-20 ming
10. Buxoro viloyati: 17-22 ming; 18-23 ming
11. Toshkent shahri: 18-22 ming; 16-20 ming
O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmati






