Kecha, 11 aprel kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida noma’lum shaxs 40 yoshli o‘zbekistonlik homilador ayolning qorniga pichoq urdi. Hodisa Dachniy prospektidagi uyning oldida sodir bo‘lgan. Piter.TV bu haqda huquqni muhofaza qilish organi bergan ma’lumot asosida xabar berdi.
11 aprel kuni polisiyaga 26-sonli kasalxonadan telefon orqali murojaat kelib tushgan. Ular 40 yoshli homilador ayol (16-17 xaftalik) qorin devorining pichoq bilan kesilgan jarohati, ingichka ichak yarasi bilan kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol hozirda og‘ir ahvolda.
Risolat MAXSIMOVA tayyorladi






