AsosiyJamiyat

Bugun 4 ta viloyatda biroz yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun 4 ta viloyatda biroz yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida va Surxondaryo viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-22° iliqni, janubiy va shimoliy hududlarda 23-28° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo 19-21° iliqgacha isiydi.

 

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarida yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar