AsosiyJamiyat

Ohangaronda salkam 120 mln. so`mlik kuchli ta`sir etuvchi dori vositalari fosh etildi

'Ohangaronda salkam 120 mln. so`mlik kuchli ta`sir etuvchi dori vositalari fosh etildi'ning rasmi

Kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarining yurtimizga noqonuniy yo`llar bilan olib kirilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda, Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir o`tkazishdi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati. 

Tadbir davomida fuqaro M.O. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtotransport vositasi shubha ostiga olinib o`rnatilgan tartibda to`xtatilib, ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 119,2 million so`mlik jami 993 dona “Tropikamid 10mg” nomli kuchli ta`sir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar