AsosiyJamiyat

"Yosh navoiyxon" tanlovida qarshilik 13 yoshli qiz 100 ta g`azalni yoddan aytib berdi

'"Yosh navoiyxon" tanlovida qarshilik 13 yoshli qiz 100 ta g`azalni yoddan aytib berdi'ning rasmi

Qarshi davlat universitetida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan o`quvchi-yoshlar o`rtasida o`tkazilgan "Yosh navoiyxon" tanlovida Qarshi tumanidagi 43-maktabning 7-sinf o`quvchisi Dilbar Ahmadova shoir qalamiga mansub 100 dan ortiq g`azalni yoddan ravon aytib berdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat xalq ta`limi boshqarmasi xabar berdi. 

Tanlov shartlaridan biri ham shu - ishtirokchi Alisher Navoiyning kamida yuzta g`azalini yoddan bilishi va aytib bera olishi kerak edi.

13 yoshli qizning iqtidori hatto ko`plab adabiyotshunoslarning ham hayratiga sabab bo`ldi.

"Alisher Navoiy g`azallarini 3-sinfligimdan yodlay boshlaganman. Shu vaqtgacha 70 dan ortiq g`azal yodlagan edim. Tanlovda yuzta g`azal aytish kerakligi haqida eshitgach, shunga harakat qildim. Qisqa vaqt davomida Navoiy bobomizning yana o`ttizdan ortiq g`azallarini yod oldim",–  deydi Dilbar.

Ayni paytda Dilbar yana 100 ta g`azalni yod olmoqda.

Boshqa yangiliklar