Mirzo Ulug`bek tumanidagi Mustaqillik va Parkent ko`chalarini tutashtiruvchi (eski Pushkin chorrahasi) yo`l foydalanishga topshirildi. Bu haqda Mirzo Ulug`bek tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu yo`lda avtoulovlar uchun bir qancha qulayliklar yaratilgan. Xususan, piyodalar yo`lagi va yo`ldan o`tish yo`laklari, avtoulovlarni tartibga soluvchi svetofor va yoritish chiroqlari o`rnatildi.