«O`zgidromet» xizmati 14 aprel, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, kechga tomon bir oz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–10 daraja iliq, kunduzi 21–23 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 22–27 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja iliq, kunduzi 20–25 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda bir oz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 20–25 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 18–23 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, tog`oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo`ladi.






