Yoshlarning tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash maqsadida, “yoshlar daftari”ga kirgan va dehqonchilik qilayotgan yoshlarga urug`lik va ko`chatlar xaridi uchun 2 million so`mgacha subsidiya beriladi. Bu xaqda Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida ma`lum qilindi.
“Darakchi” muxbirining yig`ilishda keltirilgan ma`lumotlarga tayanib xabar berishicha, Amudaryo, Baliqchi, Mingbuloq, Yangiyo`l, Shahrixon, Do`stlik, Bekobod, Bog`ot kabi tumanlarda 2,5–4 ming nafar yoshlarga dehqonchilik uchun er ajratilgan bo`lsa, Boysun, Qorovulbozor, Qiziriq, Bo`stonliq, Termiz, Samarqand, Ohangaron, Yuqorichirchiq, Yangiobod, G`uzor, Zangiota, Buxoro, Angor, Bandixon, Zafarobod, Quyichirchiq, Muborak va Toshkent tumanlari tumanda bu ko`rsatkich 50–300 nafar orasida.
“Har oyda yoshlar tadbirkorligi va bandligi masalalari bo`yicha hokimlar va sektor rahbarlari faoliyatini tahlil qilib, yaxshi ishlaganlar oyligiga 50 foizgacha ustama berish tizimini yo`lga qo`yilsin”, deya davlat rahbari mas`ullarga topshiriq berdi.






