AsosiyJamiyat

Toshkentda 21 yoshli qiz majburiy o`qitilayotgan nikoh marosimidan qochib ketdi

'Toshkentda 21 yoshli qiz majburiy o`qitilayotgan nikoh marosimidan qochib ketdi'ning rasmi

12 mart kuni soat 07:55 larda qozoq millatiga mansub bo`lgan fuqaro 27 yoshli M.Qulmaxon Quyichirchiq tumani Do`stlik-1 mahallasi hududida bo`la turib, avvaldan telefon orqali gaplashib yurgan tanishi 21 yoshli U.Malikani erkiga xilof ravishda nikohdan o`tish uchun o`g`rilab, o`zining yashash xonadoniga olib borib, u bilan nikohdan o`tishga majburlagan, lekin Malika U., qarshilik ko`rsatib qochib ketib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishlarini so`rab IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan M.Qulmaxonga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi 1-qismi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to`sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.    

Ta`kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

    Boshqa yangiliklar