AsosiyJamiyat

Namanganda “Malibu” haydovchisi velosipedchini urib yuborib, qochib ketdi

'Namanganda “Malibu” haydovchisi velosipedchini urib yuborib, qochib ketdi'ning rasmi

Joriy yil 11 aprel kuni soat 01:00 larda, Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasining bergan xabariga ko`ra, 1969 yilda tug`ilgan fuqaro Kosonsoy-Namangan yo`lining 28.km.da, Tagijar mahallasi hududida velosipeddan yiqilib, hushsiz xolda olib kelinib, jonlantirish bo`limiga yotqizilganligi to`g`risida xabar berilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko`ra, Viloyat IIB JQB va tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, Namangan shahrida yashovchi, 1968 yilda tug`ilgan fuqaro "Malibu-2" rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, vilosipedchini urib yuborib, uni hayotini xavf ostida qoldirib, hodisa joyidan ketib yuborganligi aniqlangan. Avtomashina jarima maydoniga tortilgan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 1-qismi va 117- moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar