13 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo`ylab jami 40871 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi, deya xabar qildi SSV. Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 256958 nafarga etdi.
13 aprel kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Farg`ona viloyati (7409 nafar),
- Andijon viloyati (5877 nafar),
- Samarqand viloyati (3826 nafar),
- Buxoro viloyati (3157 nafar),
- Qoraqalpog`iston Respublikasi (3069 nafar) band qildi.
E`tiborli jihati shuki, Andijon va Namangan viloyatlarda koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni 30 ming nafar atrofida bo`lgani ko`rinmoqda (Andijon 31194 nafar, Namangan 29740).
Jami emlanganlar soni bo`yicha rekord ko`rsatkich esa Farg`ona viloyatida (43675 nafar) qayd etilgan.
Emlash jarayonlari davom etadi.






