AsosiyJamiyat

️Byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltiriladi

'️Byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltiriladi'ning rasmi

“Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

2021 yil may oyidan 14 ta tuman (shahar)da byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltiriladi.

Mazkur yangi tartib 2022 yil 1 yanvardan e`tiboran respublikaning barcha tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich joriy etiladi.  

2021 yil 1 iyuldan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qo`shimcha mablag`larining eng kam miqdori 10 foizdan 30 foizga oshiriladi.  

Shuningdek, jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlar uchun mablag`lar “Fuqarolar tashabbusi jamg`armasi”da to`planadi va undan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.

Tuman hokimliklari jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlarni byudjetdan moliyalashtirishga oid ma`lumotlarni har chorak bo`yicha rasmiy veb-saytlariga va “Ochiq byudjet” portaliga joylashtiradi.

    Boshqa yangiliklar