O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga Sardorbek Uraimjonovich Usmanov tayinlandi.
Sardorbek Usmanov 1985 yil Andijon shahrida tug`ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (2006 y.), Tuluza siyosiy fanlar instituti magistraturasi (Fransiya, 2007 y.) hamda Bordo siyosiy fanlar instituti doktoranturasini (Fransiya, 2011 y.) tamomlagan.
Fransiya Tashqi ishlar vazirligining “Eyfel” stipendiyasining ikki karra laureati.
Siyosiy fanlar doktori (DSc).
Shu kunga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchi-Spichrayteri bo`linmasining etakchi konsultanti lavozimida ishlagan. Xalqaro press-klub tahlil va monitoring bo`limi boshlig`i sifatida faoliyat olib borgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O`zbekiston jurnalistika va ommaviy komunikasiyalar universitetida dars bergan.
Evropa tadqiqotlar instituti (Belgiya), Praga iqtisodiyot universiteti (Chexiya), Dubay va Sharja (BAA) ning bir qator universitetlarida ma`ruza o`qigan. Praganing Yan Masarik nomidagi xalqaro tadqiqotlar markazida diplomatiya bo`yicha ekspert sifatida faoliyat olib borgan.
Tahliliy maqolalari Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Avstriya, Chexiyada chop etilgan.






