AsosiyDunyo

Turkiya COVID-19 ga qarshi choralarni kuchaytirmoqda

'Turkiya COVID-19 ga qarshi choralarni kuchaytirmoqda'ning rasmi

Turkiyada koronavirusdan jabrlanganlarning soni keskin oshgani munosabati bilan davlat Prezidenti Toyib Erdogan bugundan boshlab ikki hafta davomida qa`tiy choralar qo`llanishi kerakligi haqida gapirdi. 

"Koronavirus yuqish holatlari ko`payib borayotgani tufayli Turkiya hukumati cheklovchi choralarni keskinlashtirishga qaror qildi. Ramazonning dastlabki ikki haftasida shaharlar aro qatnov taqiqlanadi. 20 yoshgacha bo`lgan va 65 yoshdan oshgan odamlar uchun ko`chaga chiqish cheklovlari qayta joriy etiladi. Soat 19.00 dan (ilgari 21.00 dan) 5.00 gacha ko`chaga chiqish taqiqlanadi. Restoranlar faqat etkazib berish xizmatida ishlaydi” deydi davlat rahbari. 

    Boshqa yangiliklar