AsosiyJamiyat

O`zbekiston, Qirg`iziston va Tojikiston chegaraoldi mintaqalari vakillari Farg`onada uchrashadi

'O`zbekiston, Qirg`iziston va Tojikiston chegaraoldi mintaqalari vakillari Farg`onada uchrashadi'ning rasmi

Farg`ona shahrida Farg`ona (O`zbekiston), Batken (Qirg`iziston) va So`g`d (Tojikiston) viloyatlari delegasiyalarining uchrashuvi bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Farg`ona viloyati hokimligi  ma`lumotiga ko`ra, 22 aprel kuni Qirg`izistonning Batken viloyati gubernatori Omurbek Suvanaliev va  Tojikistonning So`g`d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi ikki qo`shni davlat viloyatlari rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegasiyalar Farg`ona viloyatiga tashrif buyuradi.

23 aprel kuni «Chegaraoldi hududlar integrasiyalashuvi – rivojlanish garovi» mavzusidagi xalqaro biznes-forum bo`lib o`tadi. Biznes-forum doirasida sanoat va qishloq xo`jaligi sohalarida hamkorlik bo`yicha bo`yicha yig`ilishlar hamda “B2B” va “G2B” shakllaridagi uchrashuvlar o`tkaziladi.

Tashrif dasturi doirasida uch chegaradosh viloyat rahbarlarining muzokaralari  ham ko`zda tutilgan.

 Qirg`iziston va Tojikiston vakillarining Farg`ona viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko`rgazmasida ishtirok etishi,  viloyatdagi yirik sanoat va qishloq xo`jaligi majmualari faoliyati bilan tanishishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar