Internet ijtimoiy tarmog`ida profilaktika inspektori ayol kishini tepayotganligi aks etgan videotasvir tarqalmoqda.
Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, mazkur videotasvir 2016 yil 11 aprel kuni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan. Unda aks etgan sobiq profilaktika inspektori I.Xashimovga nisbatan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib, 2016 yil 14 aprel kuni ichki ishlar organlari xodimiga nomunosib xatti-harakatlarni sodir etganligi sababli ichki ishlar organlari safidan bo`shatilgan.






