Bugun, 14 aprel kuni “Xotin-qizlarni qo`llab quvvatlash davlat maqsadli jamg`armasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma`lum qildi.
Qarorga ko`ra, Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg`armasi qayta tashkil etildi.
Qaror bilan Jamg`arma to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga muvofiq Jamg`arma:
- og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo`lgan shaxslarga, nogironligi bo`lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta`minlangan, farzandlarini to`liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang`ich badalini to`lab beradi;
- xotin-qizlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, sog`lig`ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va o`qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog`liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko`maklashadi;
- xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag`larini belgilangan tartibda joylashtiradi;
- xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan kasblar bo`yicha bilim va ko`nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog`liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko`maklashadi.






