Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanidagi suv inshootidagi muammolar haqida o`z fikrlarini oilasida yuz bergan fojiaviy hodisa haqida aytib berdi:
Ushbu suv tozalash inshoati Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida joylashgan. Ko`p yillardan beri ishlamaydi.
Yangiyo`l shahridagi kanalizasiya tarmoqlaridan keladigan iflos suv, tozalanmay to`g`ri toza ariqqa tushirib yuboriladi. Ishlamay turgan ushbu inshoat shu atrofda yashaydigan ko`plab odamlarning dardi va fojeasi. Ko`p achchiq xotiralar sababchisi: iflos havo, iflos suv, g`uj g`uj chivin-u pashshalar makoni... Xatto o`spirin yoshdagi o`z jiyanim inshoatning qarovsiz ochiq chuqurchasiga bexos tushib ketib iflos suvdan vafot etgan...
2019 yili Bosh vazir A.Aripovga kirib iltimos qilganimdan so`ng, inshoatni ta`mirlash ishlari boshlangandi.
Biroq hursandligimiz ko`pga cho`zilmadi. Hisob palatasining tushunarsiz talabi bilan ishlar to`xtatildi, Qurilish vaziri va Uy joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirining xoxishi sabab esa ishlar cho`zilib, mana uchinchi yildirki ob`ekt o`zgarishsiz yotibdi.
Odamlarda esa ishonch yo`qolayapti: bular va`dasini bajaradimi o`zi?
Mas`ullarga ishonib, odamlarni ishontirgan bizda esa ko`zlariga qarashga bet yo`q.






