Joriy yilning 13 aprel kuni 762-sonli “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo`nalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poezdining 5-vagonida ichida 8.850 AQSh dollari, 1.930.000 so`m pul, ikkita fuqarolik pasporti va shaxsiy buyumlari mavjud erkaklar qo`l sumkasi yo`lovchi A.Q. tomonidan unutib qoldirildi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Ushbu holat Transportda XTBB Yo`lovchi poezdlarini kuzatish bataloni xodimi Sh.Xudayberganov tomonidan aniqlandi.
Qo`l sumkasi xolislar ishtirokida kerakli hujjatlar asosida rasmiylashtirilib, o`z egasiga to`liq va beshikast holda etkazildi.
Fuqaro Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi YPKB xodimlariga o`z minnatdorchiligini bildirdi.






