1

Rossiyada pulsiz ko`chada qolgan 6 nafar O`zbekiston fuqarosiga yordam ko`rsatildi

Jamiyat 15.04.2021, 09:56
Rossiyada pulsiz ko`chada qolgan 6 nafar O`zbekiston fuqarosiga yordam ko`rsatildi

Rossiya Federasiyasi Rubsovsk shahrida pulsiz ko`chada qolgan fuqarolarimiz Novosibirsk shahriga olib kelinib, vaqtincha xostel va issiq ovqat bilan ta`minlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati xabar qildi. 

"Vatandoshlarimizni qiyin ahvolga tushib qolish sabablariga oydinlik kiritish va yordam berish maqsadida mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakillari fuqarolar bilan suhbatlashdi.

Vujudga kelgan muammolar echimi, shu bilan birga fuqarolarga amaliy yordam berish ishlari Bosh konsulxona nazoratiga olindi", deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1