1

Koronavirus: raqamlar oshmoqda, kunlik kasallanish bo`yicha rekord o`rnatildi

Jamiyat 15.04.2021, 10:37
Koronavirus: raqamlar oshmoqda, kunlik kasallanish bo`yicha rekord o`rnatildi

2021 yil 14 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 85730 (+227) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

-4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-2 nafari Andijon viloyatida,

-8 nafari Buxoro viloyatida,

-3 nafari Jizzax viloyatida,

-2 nafari Navoiy viloyatida,

-3 nafari Namangan viloyatida,

-25 nafari Samarqand viloyatida,

-3 nafari Sirdaryo viloyatida,

-1 nafari Surxondaryo viloyatida,

-3 nafari Farg`ona viloyatida,

-2 nafari Xorazm viloyatida,

- 42 nafari Toshkent viloyatida,

-129 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

-Qoraqalpog`iston Respublikasida 7 nafari,

-Jizzax viloyatida 11 nafar,

-Namangan viloyatida 2 nafar,

-Samarqand viloyatida 16 nafar,

-Surxondaryo viloyatida 1 nafar,

-Farg`ona viloyatida 7 nafar,

-Xorazm viloyatida 5 nafar,

-Toshkent viloyatida 26 nafar,

-Toshkent shahrida 123 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 83462 (+198) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1634 nafar bemordan 229 nafari og`ir, 104 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1