1

Markaziy bank axborot va kiberxavfsizlikni ta`minlash reytingida birinchi o`rinni oldi

Jamiyat 15.04.2021, 11:13
Markaziy bank axborot va kiberxavfsizlikni ta`minlash reytingida birinchi o`rinni oldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 iyundagi PQ-4751-sonli qarorida yuklatilgan vazifalarga muvofiq, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan davlat va xo`jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta`minlanganligi holati 2021 yil I choragi yakuniy natijalari bo`yicha reyting baholash o`tkazildi.

Mazkur reyting “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlarga asoslangan.

Eng yuqori reytingdagi tashkilotlar Top-10taligida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo`mitasi, Davlat statistika qo`mitasi va qator banklar, boshqa tashkilotlar, shu jumladan, joylardagi ijro hokimiyati organlari o`rin oldi.  

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur reytingda 96,6 ball bilan birinchi o`rinni egalladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1