1

Xodimlarini so`kib, yarim tunda boshqarmaga borishni buyurgan Angren MIB boshlig`iga chora ko`riladi — Senat

Jamiyat 15.04.2021, 12:00
Xodimlarini so`kib, yarim tunda boshqarmaga borishni buyurgan Angren MIB boshlig`iga chora ko`riladi — Senat

Shu kunlarda internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Angren MIB boshlig`i xodimlarini so`kib, yarim tunda boshqarmaga borishni buyurdi” sarlavhali xabar muhokama markazida bo`lmoqda.

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi Angren shahar bo`limi boshlig`i M.Yusupova xodimlarning telegram guruhidagi ijro xodimlarning kunlik rejasini bajarmaganligi uchun ularni kasb odobnomasiga, insoniylik fazilatlariga, qolaversa, ayollik fazilatlariga to`g`ri kelmaydigan hamda kurada turmaydigan so`zlar bilan xaqoratlagan. Oliy Majlis Senati Axborot xizmati mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko`rlishi nazoratga olinishini ma`lum qildi. 

"Mamlakatimizda inson qadri hamma narsadan ustun bo`lib turgan bir paytda, afsuski, bunday “rahbarlar” ham uchramoqda.

Tabiiyki, ushbu holat senatorlarni ham befarq qoldirmadi. Shu bois Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosidan mazkur holat bo`yicha Byuroning Angren shahar bo`limi boshlig`ining xatti-harakatlarini atroflicha tahlil qilib, qonuniy chora ko`rilishi va tegishli axborot taqdim etilishini so`raydi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda “MIBning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari nomidan Bosh prokurorga shikoyat yo`llangan. Holatni markaziy apparat o`rganmoqda” nomli xabar e`lon qilingan. Ushbu holatni o`rganish natijalari yuzasidan bayonot berilmagan.

O`z o`rnida, mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan holda o`rganib chiqilishi va natijasi yuzasidan rasmiy bayonot berilishi so`raladi.

Ushbu holatlar Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan nazoratga olindi", deyiladi rasmiy xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1